lichess.org
Donate
Uzbekistan Chess team

wikipedia.org https://uz.wikipedia.org/wiki/Shaxmat_bo%CA%BByicha_O%CA%BBzbekiston_erkaklar_terma_jamoasi#/media/Fayl:Uzbekistan_Chess_Team_at_the_44th_Chess_Olympiad_(2).jpg

Budapeshtdagi 45chi Shaxmat olimpiadasida g'olib bo'la olamizmi?

ChessTournamentOver the board
Taxminiy hisob kitoblarga asoslanib biz sovrinli o'rinlarning biriga bemalol umid qilaverak bo'ladi!

Uzbekistan Chess Team
O'zbekistonning shaxmat bo'yicha erkaklar terma jamoasi bu galgi olimpiadada ham g'olib bo'la oladimi, degan savolni har bir o'zbek shaxmat ihlosmandi o'ziga o'zi bergan bo'sa kerak. Ho'sh bu savolga javobni keling bugun birgalikda berishga harakat qilamiz. Fikrimcha, terma jamoaning imkoniyatlarni baholash uchun birinchi navbatda tarkibdagi sportchilarning tayyorgarligi va kayfiyatiga etibor berishimiz kerak.

Jahonda 6chi Abdusattorov Nodirbek 2766
Nodirbek Abdusattorov kabi jahon tanigan sportchimizning nufuzli musobaqalarda tinim bilmay qatnahayotgani va yetarli darajada yaxshi natijalarga erishayotgani, uning tayyorgarligi a'lo darajada ekanini ko'rsatadi. Bunga birgina yaqqol misol qilib yaqinda tugagani Sinquefield Cup 2024 ni olaylik. Dunyoning eng kuchli shaxmat ustalari ichida bo'lib o'tgan bu musobaqada uchinchi o'rinni Maxime Vachier-Lagrave bilan bo'lishdi. Bundan tashqari bu yilda erishgan natijalarini eslaylik 86chi Tata Steel da 3 o'rin, 6chi Praga Masters musobaqasida 1chi o'rin, 29chi Sigeman & Co musobaqasida 1 chi o'rin va bulardan tashqari o'z yurtimizda bo'lib o'tgan 2chi Xalqaro Rustam Qasimjonov Kubogida 1 chi o'rinni egalladi, UzChess Cup 2024 musobaqasini esa Nodirbek o'zining otdoshi Yuqubboyev bilan birinchi o'rinni bo'lishgan edi. Yuqorida keltirilgan faktlarga etibor qaratsak terma jamoaning birinchi taxta egasi kim va u qay ahvolda degan savollar o'z o'zida unitilish ajab emas.

Jahonda 61chi Yoqubboyev, Nodirbek 2666
Keling suhbatni hozirgina eslaganinmiz kelajagi porloq yana bir o'zbek shaxmat ustasi bilan davom ettirsak, Nodirbek Yoqubboyev. U ham o'zining ko'rsatib kelayotgan yuqori natijalari bilan ko'pkina muhlislar etiborini o'ziga qarata olyapti. Bu yilgi natijalarini eslaylik nufuzli Moscow Aeroflot open musobaqasida 3chi o'rin, 2024-yil O'zbekiston shaxmat musobaqasida 2chi o'rin, UzChess Cup 2024 musobaqasida 1 o'rin va yaqinda tugagan Abu Dhabi Masters musobaqasida ham birinchi o'rinni egalladi. Bu natijalar Yoqubbuyevni terma jamoaning 2chi taxtasida kuch sinashish sharafini taqdim qilishi aniq.

Jahonda 53chi Sindarov Javoxir 2677
Sindarov Javokhir raqibi kim ekanligidan qat'iy nazar erkin va sovuqqon harakat qila oladigan shaxmat ustlarimizdan sportchilarimizdan biri. U har doimgidek, bu yil ham yuqorida sanagan terma jamoamiz a'zolaridek yilni faol tarzda o'tqazmoqda. Javoxir qatnashgan musobaqalarda uning natijalari doim ham alo darajada bo'lmagan bo'lsa ham Yoqubboyev bilan tengma teng harakat qildi desak adashmaymiz. Aynan shu sabab ko'pchilik uni termaning 2chi taxtasiga munoshib sportchi deyishi tayin. Keling uning bu yilgi musobaqalariga to'xtalsak aprel oyida bo'lib o'tgan 2024-yil O'zbekiston shaxmat musobaqasida 1chi o'rinni egallaganini shu zahoti eslaymiz. Shaxsan kamina yil boshidan beri Javoxir 2700 reyting ballariga eririshini niyat qilib turibman. Chunki Sindorov Javoxirning kuchi va qobiliyati yaqin orada super grostmeysterlar qatoriga kirish uchun yetarli. 3chi taxta egasi Sindarov Javokhir.

Jahonda 77chi Voxidov Shamsiddin 2650
Endi kimsan Magnus Karlsonni 2018 yil mag'lub qila olgan kuchli sportchimiz haqida gapirsak. 22 yoshli yana bir yosh sportchimiz Shamsiddinning ham bu yilgi musobaqalardagi ishtiroki chakki emas. Misol tariqasida 2024-yil O'zbekiston shaxmat musobaqasida 3chi o'rin olganini, 7chi Sharjah Masters musobaqasida esa kuchli to'rtlikga kirganini aytsak bo'ladi. Bundan tashqari o'z kuchini to'g'ri baholab Tashkent UzChess Challengers musobaqasida ishtirok etgan Shamsiddin yakunda 1chi o'rinni naqt qildi. Kamina fikricha esa juda kuchli tarkibga ega bo'lgan Abu Dhabi Masters musobaqasida 3 o'rinni egallashi Shamsiddinning hozirgi holatini yaqqol ko'rsatib berdi. O'ylaymanki termajamoamiz tarkibida ham o'zining qobilyatlarini ko'rsatgan holda jamoagan kerakli bo'lgan ballarni qo'lga kiritadi.

Barchamizga ma'lum, terma jamoa tarkib 5 kishidan iborat bo'ladi. Har bir terma jamoa o'z tarkibini musobaqa tashkilorchilariga 2 oy oldin habar berishi kerak. yani terma jamoamizning 5chi ishtirokchisi allaqachoq aniq bo'lib ulgurgan va u Vakhidov Jakhongir (2571) bo'lsa ajab emas. Ammo bu yil o'z qobilyatlarini ko'rsatishga harakat qilgan yana ikki shaxmatchimizni unutmaslik kerak, ular Abdisalimov Abdimalik (2536) va Madaminov Mukhiddin (2512).

Shunday qilib O'zbekiston terma jamoasida ishtirok eta oladigan 1 ta Super grostmeyster, 3 kuchli grostmeysterlar va hozirgi vaqtda o'zini faol ko'rastib kelayotgan yana 3 o'rtamiyona grostmeysterlar mavjud. Ular bilan biz AQSh, Hindiston, Xitoy kabi kuchli jamoalarga qarshi ishonchli harakat qilishimiz va g'alabalarga umid qilishimiz aniq. Yani tahminiy hisob kitoblarga asoslanib biz sovrinli o'rinlarning biriga bemalol umid qilaverak bo'ladi!

So'z ohirida terma jamoamizga omadlar tilabqolgan holatda sizlar bilan hayirlashaman! Etiboringiz uchun raxmat!