https://chessolympiad2024.fide.com/news/photos
1 - turdan keyingi natijalar va 2 - turdagi raqibimiz haqidagi taxminlar
"Misr yulduzi" Amin Bassem va Telpagingni ot Kabralis!Mana 1- tur xam yakunlandi, unda hamma jamoalar raqibini katta hisoblarda mag'lub ettishdi. Quyida jadval bilan taninshing:
Ko'rib turganingizdek Xitoy, Hindiston, Nedirlandiya, Armaniston kabi sovrinli o'rinlarni ko'zlagan jamoalar jadvalning bosh qismini egallab turishibdi. Bunga sabab ular 1-turni 4-0 hisobi bilan yakunlashgani bo'ldi. Jadvalga etibor bersak Gurjiston va Qozog'iston ham oldilarda ekanini ko'rishimiz mumkin. Ho'sh AQSh va O'zbekiston kabi kuchli jamoalar qayerda qoldi degandursiz. Unda keyingi jadvalga etiboringizni qarating.
AQSh, O'zbekiston, Eron, Norvegiya va Olmoniston kabi kuchli tarkibga ega terma jamoalari 4 taxtadan birida durrang qayt etishgani sabab 3,5 ball bilan 57 o'rinni egallab turishibdi. Albatta bu 1 turdan keyingi holat halos va yakundagi natijalarga katta tasir ko'rsatmaydi aslida, lekin bugungi statistika yuqoridagi o'rinlarni ko'rsatib turibdi.
Kimlar durrang qayt etishdi?
Aqsh tarkibidagi Wesley So durrangga imzo chekdi
O'zbekiston tarkibida Yoqubboyev Nodirbek raqibiga durrangni sovg'a qildi. Trinidad va Tabagolik Kuin Kabralis o'z natijasidan juda mamnun bo'lgani aniq. Telpagingni ot Kabralis, tabriklaymiz.
Ho'sh keling endi 2- tur haqida gaplashaylik. O'zbekiston termasining keyingi raqabi shaxmat bobida ancha mashhur Afrika vakili Misr bo'lib chiqdi. Tarkib jihatdan 48 chi o'rinda musoqani boshlagan Misr huddi bizning jamoamiz kabi 3,5-0,5 hisobi bilan Ganalik raqiblarini mag'lub etishgan edi.
Shu yerda bir eslatma, Ganaga qarshi bahsda Misrliklar o'zing eng kuchli shaxmat ustasini ko'rsatishmadi. Lekin O'zbekistonga qarshi bo'ladigan bugungi bahsda esa "Misr yulduzi" birinchi taxtada Abdusattorov Nodirbekga qarshi kuch sinashishga majbur. Ko'pchilik shaxmat ihlosmantlari alla qachon gap 2636 reyting egasi 36 yoshli juda faol Amin Bassem haqida ketayotganini sezishgan bo'lsalar ajab emas.
Tarkibida 2 grossmeystori bor Misr O'zbekiston terma jamoasiga Trinidad va Tabago jamoasiga nisbatan ancha qattiqroq qarshilik ko'rsatishlari aniq. Lekin men bari bir katta hisobda g'alaba qozonishimizga ishonaman va kamida 3,5 ga 0,5 hisobiga g'alaba qozonishimizga umid qilaman!
Olg'a O'zbekiston!
1 - turdan bazi foto lavhalarni e'tiboringiz havola qilaman:
So'z ohirida doimgi dek, terma jamoamizga omadlar tilab qolgan holatda, sizlar bilan hayirlashaman!
Etiboringiz uchun raxmat!